Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 07-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Xo‘jaylida 300 ga yaqin xonadonning elektr ta’minoti yaxshilandi

07.10.2026 98
Xo‘jaylida 300 ga yaqin xonadonning elektr ta’minoti yaxshilandi

Aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi muhim vazifalardan biridir. Xo‘jayli tumanidagi “Parvoz” MFY, “Taban jap” ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholining elektr ta’minotiga oid murojaati ham mazkur dastur platformasi orqali deputatlik nazoratiga olindi. Hududdagi eski transformatorning quvvati mavjud ehtiyojga mos kelmagani sababli 300 ga yaqin xonadonda elektr energiyasi tez-tez uzilib turgan.
Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati Aybek Tadjimurotov mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni o‘rganib, masalani Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatdi. Natijada Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi qarori qabul qilinib, transformatorni almashtirish uchun mablag‘ ajratildi.
Qaror ijrosi ta’minlanib, 5 oktyabr kuni “Parvoz” MFY, “Taban jap” ko‘chasidagi eski transformator yangisiga almashtirildi. Mazkur holat fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularni tegishli Kengash muhokamasiga olib chiqish va qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash aholi turmush sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?