Xorazmlik deputatlar tadbirkorlarning buxgalteriya xarajatlarining bir qismini soliqdan çegiriş tartibini qöllab-quvvatlaşdi
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengaşida ÖzLiDeP deputatlik guruhi iştirokida ötkazilgan jamoatçilik eşituvida soliq siyosatidagi yangiliklar va tadbirkorlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar atrofliça muhokama qilindi.
Tadbirda viloyat soliq boşqarmasi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar, sohadagi yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan axborot berildi. Asosiy e’tibor 2026 yilga möljallangan soliq siyosati konsepsiyasi doirasidagi islohotlarga qaratildi.Muhokamalarda tadbirkorlik sub’yektlari uçun yaratilayotgan yengilliklar, yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş böyiça çoralar hamda soliq ma’muriyatçiligini soddalaştiriş masalalari kötarildi. Ayniqsa, aylanmadan olinadigan soliqdan QQS va foyda soliği tizimiga ötayotgan tadbirkorlar uçun bir yil foyda soliğidan ozod etiş, dastlabki davrda jarima qöllanmasligi hamda buxgalteriya xarajatlarining bir qismini soliqdan çegiriş kabi yengilliklar muhim qadam sifatida qayd etildi.
Şuningdek, soliq hisobotlarini raqamlaştiriş va avtomatik şakllantiriş tizimini joriy etiş orqali ortiqça qoğozbozlikni qisqartiriş, kiçik biznes va özini özi band qilgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, çekka hududlarda tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş böyiça takliflar bildirildi. Deputatlar soliq islohotlari tadbirkorlik muhitini yaxşilaş, investitsiya jozibadorligini oşiriş va aholi daromadlarini köpaytirişda muhim omil bölişini ta’kidladilar.