Yoşlar bilan oçiq muloqot: takliflar qöllab-quvvatlandi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi a’zolari Madina Baratova va Şaxnoza Xolmaxamatova iştirokida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toşkent International University talabalari bilan uçraşuv taşkil etildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda olib borilayotgan yoşlarga oid davlat siyosati, yoşlarning qonunçilikni takomillaştiriş jarayonlaridagi örni hamda ular uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atrofliça ma’lumotlar berildi.
Şuningdek, iştirokçilarning fikr-mulohazalari tinglanib, yoşlar tomonidan bildirilgan taklif va taşabbuslar qöllab-quvvatlandi. Oçiq muloqot ruhida ötgan uçraşuvda yoşlar bilan hamkorlikni yanada kuçaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda, şuningdek, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan uning boy tarixiy merosi, adolat va bunyodkorlik ğoyalarining bugungi yoşlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida ham fikr almaşildi.