Yoşlar taşabbuslari va tadbirkorlik loyihalari muhokama qilindi
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazildi. Unda partiya rahbariyati, deputatlar, yoş tadbirkorlar va faol yoşlar iştirok etib, ularni qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida fikr almaşildi.
Muloqotda yoşlarning ta’lim olişi, zamonaviy kasblarni egallaşi, tadbirkorlikni boşlaşi hamda startap loyihalarini rivojlantirişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi. Ayniqsa, IT, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalaridagi taşabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, Prezident qarori asosida yoş tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratiş, startap va innovasion loyihalarni moliyalaştiriş, zamonaviy kasblarni özlaştiriş uçun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida tuşunçalar berildi.
Tadbir davomida yoşlarning taklif va mulohazalari tinglandi. Uçraşuv yakunida ularning biznes va innovasion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlari yaratiş hamda yoşlar bandligini ta’minlaş böyiça işlar izçil davom ettirilişi ta’kidlandi.