Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Yoşlar uçun biznes sari ilk qadam

18.04.2026 922
Yoşlar uçun biznes sari ilk qadam

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida ÖzLiDeP Toşkent viloyat Kengaşi taşabbusi bilan Çirçiq davlat pedagogika universitetida yoşlarni tadbirkorlikka jalb qilişga qaratilgan uçraşuv ötkazildi. Unda tadbirkorlar, bank vakillari, mutaxassislar hamda deputatlar iştirok etib, yoşlar bilan oçiq muloqot qildi.

Uçraşuvda öz biznesini boşlaşni istagan yoşlarga ğoyani töğri tanlaş, işni qanday boşlaş, soliq tizimi, mijozlar bilan işlaş, marketing va mahsulotni bozorga çiqariş böyiça sodda va tuşunarli tavsiyalar berildi. Şuningdek, brend yaratiş, ijtimoiy tarmoqlar orqali savdo qiliş va raqobatda öz örnini topiş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda 300 nafarga yaqin yoşlar iştirok etib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Bunday uçraşuvlar yoşlarni tadbirkorlikka jalb qiliş, ularning iqtisodiy faolligini oşiriş va yangi iş örinlari yaratişga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?