Yoşlarni tadbirkorlik va ilm-fanga jalb etiş – O‘zLiDePning ustuvor vazifasidir
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida partiyaning “Yoş tadbirkor va işbilarmon yoşlar klubi” hamda “Yoş olimlar ligasi” loyihalari doirasida Qarşi şahridagi “Oydin” mahallasi yoşlari bilan oçiq muloqot taşkil etildi.
Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad – yoşlarning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularni ilm-fanga keng jalb etiş va mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berişdan iborat böldi.
Muloqotda yoşlarning biznes ğoyalarini röyobga çiqariş hamda bu borada yaratilayotgan şart-şaroitlar haqida söz yuritildi. Qarşi şahar Kengaşi apparat rahbari M. Ahmedova esa “Yoş olimlar ligasi” loyihasining ahamiyati, yoşlarning ilmiy izlanişlarini rağbatlantiriş, intellektual salohiyati va ilmiy taşabbuslarini rivojlantiriş masalalariga töxtaldi.
Oçiq muloqot davomida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, öz fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar. Ta’kidlanganidek, bunday uçraşuvlar yoşlarning bilim va salohiyatini yuzaga çiqariş, ularning tadbirkorlik hamda ilm-fan sohasidagi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, istiqbolli ğoyalarini amalga oşirişga xizmat qiladi.