Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 28-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Zarbdorlik 100 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

20.06.2026 175
Zarbdorlik 100 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Salomatlik sari” loyihasi asosida Zarbdor tumanining “Sharq yulduzi” mahallasida 100 nafardan ortiq xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir davomida ayollar kardiolog, terapevt, onkolog, ginekolog, okulist, nevropatolog va stomatolog kabi malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tdi. Salomatligida muammo aniqlangan fuqarolarga zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikning ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?