|
1. |
Loyiha nomi |
Parlamentda yoshlarning o‘rni |
|
2. |
Loyihaning dolzarbligi |
Yoshlarning huquqiy va siyosiy faolligi mamlakatimizda demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hozirgi kunda yoshlar orasida huquqiy savodxonlik va qonunchilik jarayonlarini tushunish darajasi yetarli emas, ularning parlament va mahalliy kengashlardagi ishtiroki kam.
“Parlamentda yoshlarning o‘rni” loyihasi yoshlarni davlat va jamiyat boshqaruviga keng jalb qilish, parlamentda yoshlar muammolariga alohida e’tibor qaratish, huquqiy bilim va siyosiy madaniyatni oshirish hamda partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zaxirasini shakllantirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. |
|
3. |
Loyihaning maqsadi |
Yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etilishi jarayoniga keng jalb qilish, deputatlik guruhlarining yig‘ilishlari kun tartibiga yoshlar muammolari bilan bog‘liq masalalarni olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ma’ruzalaridan kelib chiqadigan partiyaviy vazifalarni amalga oshirish. |
|
4. |
Loyihaning vazifalari |
Yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etilishi jarayoniga keng jalb qilish nafaqat ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, balki mamlakatning kelajak taraqqiyotiga mustahkam poydevor yaratish, bu jarayonda yoshlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etishini ta’minlash, ularning fikr-mulohazalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirish, shu bilan birga, deputatlik guruhlarining yig‘ilishlari kun tartibiga yoshlar muammolari bilan bog‘liq masalalarni olib chiqish, ularni hal qilish uchun zarur bo‘lgan huquqiy va amaliy choralarni ko‘rish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning ma’ruzalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, partiya faoliyatini yanada samarali tashkil etish va yoshlar manfaatlarini ilgari suruvchi tashabbuslarni amalga oshirish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni huquqiy-madaniy islohotlarga keng jalb qilish va yoshlar orasida vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish. |
|
5. |
Loyihaning asosiy formatlari |
• Yoshlar takliflari asosida qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilish • Parlament va mahalliy kengashlarda yoshlar muammolari bo‘yicha muloqot maydonlari tashkil etish • Siyosiy va huquqiy savodxonlikni oshirish uchun seminar, trening va master-klasslar |
|
6. |
Individual ko‘rsatkichlar |
· Loyiha ishtirokchilari – yiliga kamida 5 ming nafar yosh · Seminar va treninglarda ishtirok etuvchilar – kamida 3 ming nafar · Yoshlar tomonidan berilgan qonunchilik tashabbuslari – kamida 150 ta |
|
7. |
Loyihaning natijadorligi |
Loyiha natijasida yoshlarning huquqiy va siyosiy savodxonligi oshadi, ular parlament va mahalliy kengashlarda faol ishtirok eta oladi. Yoshlar muammolarini hal qilishda tashabbuskor bo‘lib, partiya va davlat siyosatini takomillashtirishga hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, istiqbolli yosh liderlar va yetakchi kadrlar zahirasi shakllanadi, demokratik qadriyatlar va fuqarolik mas’uliyatini targ‘ib qilish kuchayadi. |
|
8. |
Loyihani amalga oshirish muddati |
2025 – 2028 yillar |