Loyihaning maqsadi: Yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarda va yoshlar masalalariga oid muammolarini hal qilishda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rni va rolini yanada oshirish.
Amalga oshirish mexanizmi: Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “O‘zLiDeP Yoshlar minbari” guruhi faoliyatini yanada oshirish shuningdek mazkur guruhda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha vazirlik, idora va tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda muhokamalar tashkil etish.
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tashabbusi doirasida respublikamiz yoshlari bilan ishlashning qulay, oson va samarali bo‘lgan yangicha tizimi yaratildi.
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “O‘zLiDeP yoshlar minbari” guruhi tashkil etilganda bor-yo‘g‘i 2 mingga yaqin a’zosi bor edi. Joriy yilning may oyiga kelib, guruh kuzatuvchilari soni 10 ming nafardan oshdi.
Ushbu guruhning afzalligi shundaki, bu joyda yoshlar o‘zlarini qiynayotgan muammolarga osongina yechim topa olishmoqda. Boisi, guruhga 21 ta vazirlik, idora, tashkilot va tijorat banklarining 2 nafardan mas’ul vakillari ham biriktirilgan.