«Yosh siyosatchilar Ligasi» loyihasi
Loyihaning maqsadi: - yoshlar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish, ularni tahlil qilish hamda ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berish;
- iqtidorli, yetakchilik qobiliyatlariga ega, vatanparvar yoshlarni tanlov asosida kashf etish va davlat tashkilotlarida Vatan tarraqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan talabalardan malakali kadrlarni tayyorlash;
- Partiyaning dasturiy muhim yo‘nalishlarni targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etishda yoshlarni ishtirokini ta’minlash;
- yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish, intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etishi, jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishga ko‘maklashgan holda yoshlarda yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish.
Amalga oshirish mexanizmi: Liga 2 bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich: 4 oy davomida nazariy va amaliy o‘quvlar (siyosiy, ijtimoiy, yetakchilik, samaradorlik, o‘z ustida ishlash kabi yo‘nalishlarda bilim va mahoratlarini oshirish)
2-bosqich: yil davomida amalga oshiriladigan loyihalarda ishtirok etish yoki tashkil etish (Misol uchun: “Yoshlar minbari” kabi muloqot maydonlarida yoshlar muammolarini o‘rganib hal qilishda ko‘maklashish).