|
1. |
Loyiha nomi |
Kreativ tadbirkor yoshlar |
|
2. |
Loyihaning dolzarbligi |
Bugungi kunda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va kreativ hamda innovasion salohiyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘plab yoshlarda g‘oya va tashabbuslar mavjud bo‘lsa-da, ularni amalga oshirish uchun yetarli bilim, tajriba va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yetishmaydi.
Shu bois, yoshlarni zamonaviy ko‘nikmalar bilan ta’minlash, startap va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasini amalga oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. |
|
3. |
Loyihaning maqsadi |
“Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning uzviy davomi sifatida, yoshlarning kreativ g‘oyalari va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularning ijodiy va innovasion salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. |
|
4. |
Loyihaning vazifalari |
Yoshlarning kreativ g‘oyalari va tadbirkorlik tashbbuslarini rag‘batlantirish, ijodiy va innovasion salohiyatini tadbirkorlik faoliyati orqali ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. |
|
5. |
Loyihaning asosiy formatlari |
— Yoshlar va partiya ishtirokida biznes forum va ochiq muloqotlar tashkil etish. — Yoshlar tashabbuslari, startap va g‘oyalar yarmarkalarini o‘tkazish. — Partiya ko‘magida master-klass va amaliy treninglar tashkil etish. — Yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkalari. — “Deputat va yoshlar” uchrashuvlari orqali muammolarni o‘rganish va hal etish. — Yoshlar murojaatlari asosida partiya qabullari va amaliy yordam ko‘rsatish. — Ilmiy-amaliy konferensiyalar orqali yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash. |
|
6. |
Individual ko‘rsatkichlar |
— Loyihaga jalb qilingan yoshlar soni – yiliga kamida 100 ming nafar — Ilgari surilgan startap g‘oyalar – kamida 50 ta
|
|
7. |
Loyihaning natijadorligi |
Loyiha amalga oshirilishi natijasida yoshlarning tadbirkorlik faolligi va kreativ fikrlashi sezilarli darajada oshdi. Yil davomida 100 mingdan ortiq yoshlar turli tadbirlarga jalb qilinib, ularning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Loyiha doirasida o‘nlab startap g‘oyalar ilgari surilib, yoshlarning bir qismi ish bilan ta’minlandi va o‘z biznesini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Master-klass va treninglar orqali yoshlar zamonaviy bilimlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, partiya va yoshlar o‘rtasidagi muloqot kuchayib, minglab murojaatlar ko‘rib chiqildi va ularning asosiy qismi bo‘yicha amaliy yechimlar topildi. Natijada yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi ortib, jamiyatda tadbirkorlik muhiti yanada rivojlandi. |
|
8. |
Loyihani amalga oshirish muddati |
2026 – 2028 yillar |