Asosiy kontentga o‘tish
Juma 18-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan 100 dan ortiq xonadonning ichimlik suvi ta’minoti qayta tiklandi

17.09.2026 89
Deputat tashabbusi bilan 100 dan ortiq xonadonning ichimlik suvi ta’minoti qayta tiklandi

To‘rtko‘l tumani “Ata yurt” aholi punktida yashovchi aholining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Guldana Avezdurdiyeva tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida mahalladagi 100 dan ortiq xonadon 5 oy davomida markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmayotgani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, sug‘orish kanalini tozalash ishlari jarayonida ichimlik suvi tarmog‘i quvuri shikastlangan va buning oqibatida aholiga suv yetkazib berish to‘xtagan.
Muammoni tezkor bartaraf etish maqsadida deputat tegishli mutasaddilar va mas’ul tashkilotlarga murojaat qilib, masalani joyida muhokama qildi. Ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozlikni bartaraf etish va aholi suv ta’minotini qayta tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Natijada shikastlangan quvurdagi nosozlik bartaraf qilinib, 100 dan ortiq xonadonning markazlashgan toza ichimlik suvi ta’minoti qayta tiklandi.
Ta’kidlash kerak, aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu kabi natijador ishlar fuqarolarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiladigan masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligini ko‘rsatadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?