Tadbirkorlar bilan oçiq muloqotda “Işbilarmon ayol–2026” tanlovi Zarafşon şahar bosqiçi ğolibiga qöşimça bino ajratildi
Zarafşon şahrida ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazilib, unda 100 ga yaqin tadbirkor iştirok etdi.
Muloqotda tadbirkorlikni kengaytiriş, kredit mablağlaridan foydalaniş, kadastr va qöşimça iş joylari bilan boğliq masalalar kötarildi. Jami 20 dan ortiq murojaat qabul qilindi.
Murojaatlarning aksariyati bank rahbarlari, mas’ul taşkilotlar va mahalliy Kengaş deputatlari iştirokida tadbirning özida körib çiqildi. Eng muhimi, qariyb barça murojaatlar joyida amaliy yeçim topib, tadbirkorlarning faoliyatini rivojlantirişi uçun zarur çoralar belgilandi.
Uçraşuvda “Işbilarmon ayol–2026” tanlovining Zarafşon şahar bosqiçi ğolibi Gulniso Inotulayevaning qöşimça bino va joy ajratiş böyiça murojaati ham ijobiy hal etildi. Unga 6 oy imtiyozli davr bilan qöşimça joy ajratilişi böyiça amaliy yordam körsatildi. Bu kabi oçiq muloqotlar tadbirkorlar muammolarini bevosita örganiş va ularga tezkor yeçim topişga xizmat qilmoqda.