10 nafar fuqaro stasionar davolaniş uçun yöllanma oldi
ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Yangi yöl şahrida xotin-qizlar uçun bepul tibbiy körik aksiyasi ötkazildi.
Aksiya davomida “Kovunçi Tepa”, “Navröz”, “Yangi boğ” va “Fayzobod” mahallalarida yaşovçi 40 nafar xotin-qiz malakali şifokorlar körigidan ötdi. Ularga turli kasalliklarni erta aniqlaş va salomatlikni mustahkamlaş böyiça tibbiy maslahatlar berildi.
Körik natijalariga köra, 10 nafar fuqaro stasionar davolaniş uçun yöllanma olgan bölsa, 20 nafar iştirokçiga ambulator davolaniş böyiça tavsiyalar berildi.
Mazkur aksiya aholi, ayniqsa xotin-qizlar salomatligini muhofaza qiliş, kasalliklarni erta aniqlaş va soğlom turmuş tarzini tarğib etişga xizmat qildi.