Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 27-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

O'zLiDeP andijonlik yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi

10.04.2026 221
O'zLiDeP andijonlik yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
O'zLiDeP andijonlik yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
O'zLiDeP andijonlik yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
O'zLiDeP andijonlik yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi

Andijon viloyatida O‘zLiDeP tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Andijon davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda ta’kidlanganidek, mazkur dastur jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash, aholi muammolarini bevosita o‘rganish va ularga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadbirda dasturning asosiy yo‘nalishlari tushuntirilib, uning xalq manfaatlariga xizmat qilishiga alohida urg‘u berildi.

Mutasaddilar o‘z chiqishlarida dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar — aholini tadbirkorlikka jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, “Yurakka yo‘l”, “Ishbilarmon ayol”, “Xavfsiz migratsiya”, “Farovon hayot sari” kabi loyihalar orqali aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy muammolarni hal etishda aniq mexanizmlar joriy etilayotgani qayd etildi. Bu esa dasturning amaliy natijadorligini yanada oshirishga xizmat qilayotgani e’tirof etildi.

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar uchun “Xalq bilan birga” dasturi keng imkoniyatlar eshigini ochib berayotgani alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, yoshlarning startap va innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undash mazkur dasturning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tadbir yakunida bir guruh faol yoshlar partiya safiga qabul qilinib, ular o‘z bilim va salohiyatini mamlakat ravnaqi yo‘lida safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?