Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 18-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Bo‘stondagi sayyor qabulda 8 nafar yoshning imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaati qanoatlantirildi

16.07.2026 22
Bo‘stondagi sayyor qabulda 8 nafar yoshning imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaati qanoatlantirildi

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Bo‘ston tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda tumandagi 25 ta mahalladan 130 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi.   

Sayyor qabulda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 8 nafar yoshning imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Jumladan, “Guliston” mahallasida yashovchi Bahodir Rajabovning 25 million so‘mlik kredit olish bo‘yicha murojaati “Agrobank” mutaxassislari tomonidan qanoatlantirildi.

Qabul davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratildi. Tikuvchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan bir nafar ayolga tikuv mashinasi ajratish masalasi ijobiy hal etildi.  

Sayyor qabul doirasida mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarkada yoshlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinib, ularning bandligini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?