Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 10-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

BPT raislarining siyosiy bilimi va amaliy ko‘nikmalari oshirildi

10.11.2026 65
BPT raislarining siyosiy bilimi va amaliy ko‘nikmalari oshirildi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida boshlang‘ich partiya tashkilotlari (BPT) raislari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarlar yakunlandi. Ularning asosiy maqsadi partiya faoliyatini joylarda yanada samarali tashkil etish, raislarning siyosiy bilimi va tashkilotchilik salohiyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

O‘quv jarayonida dastlab 215 nafar namunali BPT raisi maxsus tayyorgarlikdan o‘tib, trener sifatida shakllantirildi. Keyin ular hududlardagi hamkasblariga o‘z bilim va tajribalarini yetkazib, yagona o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yishga hissa qo‘shdilar.

Mashg‘ulotlarda Yangi O‘zbekistondagi islohotlar, partiyaning «Xalq bilan birga» dasturi, saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalar, O‘zLiDeP Ustavi hamda aholi bilan samarali muloqot olib borish masalalari o‘rganildi. Bu esa BPT raislarining partiyaviy loyihalarni amalga oshirish va joylardagi faoliyatni tizimli tashkil etish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Eng muhimi, o‘quvlar aniq natija berdi. 215 nafar trener tomonidan jami 216 ta o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilib, mamlakat bo‘yicha 13 274 nafar BPT raisi o‘z malakasini oshirdi. Bu partiyaning quyi bo‘g‘inlarida bilimli, tashabbuskor va samarali faoliyat yuritadigan kadrlar salohiyatini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?