Çirçiqda yoşlarning kreativ ğoyalari va startap loyihalari namoyiş etildi
Çirçiq davlat pedagogika universitetida ÖzLiDeP Toşkent viloyati Kengaşi tomonidan “Kreativ tadbirkor yoşlar” loyihasi doirasida “Kreativ ğoyalar yarmarkasi” taşkil etildi. Unda yoşlar öz startap loyihalari, axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklari, muhandislik işlanmalari, mahsulot va xizmatlarini taqdim etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoşlarning innovasion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, kreativ salohiyatini röyobga çiqariş hamda ularni zamonaviy kasblar va tadbirkorlikka keng jalb etişdan iborat böldi. Körgazma yoşlarga öz ğoyalarini namoyiş qiliş, yangi hamkorlar topiş va loyihalarini rivojlantiriş imkonini berdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Gulşana Xudoyorova va Yulduzoy Mamadiyorova, ÖzLiDeP Toşkent viloyati Kengaşi raisi Tölqinjon Fayziyev, Çirçiq şahar hokimi Murodjon Abduraximov, “Maxam-Çirçiq” AJ boşqaruv raisi Hotam Saydaxmedov hamda universitet rektori Ğofurjon Muxamedov iştirok etdi.
Muloqotlar davomida yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularning iqtisodiy mustaqilligi va bandligini ta’minlaş masalalariga e’tibor qaratildi. Tölqinjon Fayziyev ta’kidlaganidek, loyiha doirasida IT va sun’iy intellekt böyiça öquv kurslari, tadbirkorlik va reklamaga oid mahorat darslari, “Yoş fermerlar tajriba maktabi”, hunarmandçilik körgazmalari hamda amaliy ustaxonalar taşkil etilişi rejalaştirilgan. Deputatlar iştirokidagi oçiq muloqotlar va maxsus qabullar esa yoşlarning taklif va muammolarini bevosita örganişga xizmat qildi.
Toşkent viloyatining barça tuman va şaharlaridagi yoşlarni qamrab olişga möljallangan “Kreativ tadbirkor yoşlar” loyihasi bilim va qobiliyatni amaliy natijaga aylantiriş, yangi iş örinlari yaratiş hamda tadbirkorlik taşabbuslarini rivojlantiriş uçun muhim imkoniyatdir. Loyiha doirasida kitob muhokamalari, sport musobaqalari va kökalamzorlaştiriş aksiyalarini ötkaziş orqali yoşlarning ma’naviy dunyoqaraşi, soğlom turmuş tarzi va ekologik madaniyatini yuksaltiriş ham közda tutilgan. Çirçiqdagi ğoyalar yarmarkasi yoşlarning izlanişlarini qöllab-quvvatlaş, ularni öz kelajagi uçun mas’uliyat olişga undaş va istiqbolli ğoyalarni amaliy loyihalarga aylantiriş yölidagi muhim qadam böldi.