Farğonalik tadbirkor yoşlar öz biznes loyihalarini taqdim etdi
ÖzLiDeP Farğona viloyat Kengaşi tomonidan Farğona davlat universitetida “Kreativ tadbirkor yoşlar” loyihasi doirasida uçraşuv taşkil etildi.
Unda yoşlar özlarining istiqbolli biznes ğoyalari va startap loyihalarini taqdim etib, ularni amaliyotga tatbiq etiş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdilar. Xususan, Javohir Aliyev mahalliy mahsulotlarni internet orqali sotişga möljallangan “Smart Market” onlayn savdo platformasini, Madina Karimova esa milliy hunarmandçilik mahsulotlarini zamonaviy dizayn asosida tayyorlaş va elektron savdo orqali sotiş loyihasini ilgari surdi.
Şuningdek, Bekzod Rahimov qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beriş jarayonini raqamlaştirişga qaratilgan startap ğoyasini taqdim etdi. Şahnoza Tursunova ta’lim sohasida öquvçilar uçun onlayn ta’lim va individual rivojlaniş imkoniyatlarini kengaytiriş loyihasi bilan qatnaşgan bölsa, Diyorbek Abdullayev çiqindilarni saralaş va qayta işlaş orqali qöşimça iqtisodiy qiymat yaratiş taşabbusini ilgari surdi.
Taqdimotlar davomida biznesni yölga qöyiş, bozor talabini örganiş, moliyalaştiriş imkoniyatlaridan foydalaniş, mijozlarni jalb etiş hamda loyihalarning iqtisodiy samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi. Yoşlarga öz biznes ğoyalarini takomillaştiriş va amaliyotga joriy etiş böyiça tavsiyalar berildi.
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida ötkazilgan uşbu uçraşuv yoşlarning tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş, yangi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va istiqbolli startaplarni rivojlantirişga xizmat qiladi.