Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 14-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Fastfud va energetik ichimliklarsiz bolalar menyusi: sog‘lom avlod yo‘lidagi muhim tashabbus

14.10.2026 113
Fastfud va energetik ichimliklarsiz bolalar menyusi: sog‘lom avlod yo‘lidagi muhim tashabbus

O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.

O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi raisi Solijon Mo‘minov boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda deputatlar, boshlang‘ich partiya tashkilotlari vakillari, faol yoshlar hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etib, bolalar va o‘smirlar orasida fastfud, shakar miqdori yuqori bo‘lgan ichimliklar va energetik ichimliklar iste’molining oldini olish masalalarini muhokama qildilar. Ta’kidlanganidek, bolalikdan shakllangan ovqatlanish odatlari insonning kelgusi hayoti va salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Muhokamada ta’lim muassasalarida bolalarning yoshi va ehtiyojlariga mos, sifatli va xavfsiz mahsulotlarga asoslangan sog‘lom menyuni shakllantirish, maktab oshxonalarida foydali taomlar ulushini oshirish hamda ota-onalar va yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, kardiologlar ishtirokida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazish, mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, deputatlar, partiya faollari, pedagoglar va tibbiyot xodimlari hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Bunday jamoatchilik muhokamalari aholi salomatligiga daxldor masalalarni keng muhokama qilish, mutaxassislar va jamoatchilik fikrini birlashtirish hamda amaliy yechimlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada oila, ta’lim muassasalari, tibbiyot tizimi, deputatlar va jamoatchilikning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlari hal qiluvchi o‘rin tutadi. Eng muhimi, bolalarda to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini bugundan shakllantirish orqali kelajakdagi salomatlik muammolarining oldini olish va barkamol avlodni voyaga yetkazish mumkin.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?