“Işbilarmon ayol” tanlovining Xorazm viloyat bosqiçida 3000 dan ziyod işbilarmon xotin-qiz iştirok etdi
Xorazmda “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovining hududiy-respublika bosqiçi ötkazildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligiga bağişlangan tanlov viloyatdagi 500 dan ortiq mahalla va tadbirkorlik sub’yektlarida taşkil etilib, unda 3054 nafardan ziyod tadbirkor ayol iştirok etdi. Saralaş bosqiçlari yakuniga köra 13 nafar eng istiqbolli işbilarmon xotin-qiz viloyat bosqiçida öz imkoniyatlarini namoyiş etdi. Hakamlar ğoliblarni aniqlaşda iş faoliyatida yangi iş örinlarini yaratiş, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş, eksport salohiyatini oşiriş va qişloq xöjaligida samarali yeçimlarni joriy etiş kabi jihatlar alohida e’tibor qaratişdi.
Tanlov yakuniga köra, birinçi örin Xiva şahridagi “Khiva Plaza” MÇJ rahbari Lola Mirzayevaga, ikkinçi örin “Şovot-Qumtepa” fermer xöjaligi rahbari Oyçehra Tohirovaga, uçinçi örin esa “Marjona tekstil” MÇJ rahbari Dilafröz Bekjanovaga nasib etdi. Şuningdek, yana 5 nafar işbilarmon ayol qator maxsus nominatsiyalar böyiça taqdirlandi.
Ta’kidlaş kerak, “Khiva Plaza” mehmonxonasida 150 nafar xodim mehnat qilayotgan bölsa, “Şovot-Qumqörğon” fermer xöjaligida şifobaxş giyohlar yetiştiriş yölga qöyilgan. Tanlovda 3 örinni qölga kiritgan “Marjona tekstil” korxonasida esa 70 nafar xotin-qiz doimiy iş bilan ta’minlangan. Korxona ötgan yilda 200 ming AQŞ dollarlik bolalar kiyimlari Rossiyaga eksport qilgan.
Tanlov iştirokçilari xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlari yaratiş va mahalliylaştiriş biznesni rivojlantirişda “Işbilarmon ayol” kabi loyihalarning ahamiyatini alohida e’tirof etişdi.