“Işbilarmon ayol – 2026” tanlovining tuman bosqiçi ğoliblari aniqlandi
ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida Kosonsoy tumanida “Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovining tuman bosqiçi taşkil etildi. Tanlovda mahallalardan taşrif buyurgan tadbirkor ayollar art dizayn, milliy hunarmandçilik, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş, oziq-ovqat işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalaridagi loyihalari bilan iştirok etdilar. Hakamlar hay’ati iştirokçilarni mahsulot sifati, innovasion yondaşuv, biznes yuritiş tajribasi, yaratilgan iş örinlari va iqtisodiy samaradorlik mezonlari asosida baholaşdi.
Tanlov yakuniga köra, “Navbahor” MFY vakili Nargiza Şarafxonova art dizayn yönalişi böyiça 1-örinni qölga kiritdi. 2-örin Zilola Abdusamiyevaga, 3-örin esa Mohira Boltaboyevaga nasib etdi. Ğoliblar va faol iştirokçilar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
– Qariyb 10 yildan buyon art dizayn yönalişida faoliyat yuritaman, – deydi N.Şarafxonova. – Şu vaqt davomida milliy va zamonaviy uslublarni uyğunlaştirgan turli bezak buyumlari va dizaynerlik mahsulotlarini işlab çiqarişni yölga qöydik. Hozirga qadar 30 nafarga yaqin şogird tayyorladik, ularning bir qismi bugun mustaqil tadbirkor sifatida iş olib bormoqda.
Tadbir yakunida ta’kidlanganidek, “Işbilarmon ayol – 2026” tanlovi xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş, ularni yangi biznes taşabbuslariga rağbatlantiriş va qöşimça iş örinlari yaratişga xizmat qilmoqda. ÖzLiDeP tomonidan tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan amaliy loyihalarni izçil davom ettiriş belgilandi.