“Mahallaning işbilarmon ayoli” tanlovining Qarşi tuman bosqiçi ğoliblari aniqlandi
ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Mahallaning işbilarmon ayoli” körik-tanlovining Qarşi tuman bosqiçi bölib ötdi. Tanlovda mahallalardan 54 nafar faol va taşabbuskor tadbirkor xotin-qiz iştirok etib, öz mahsulotlari va biznes faoliyatini namoyiş qildi.
Tadbirda ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, aholi bandligini ta’minlaş va mahallalarda kiçik biznesni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tanlov yakunlariga köra, A.Navoiy mahallasidan “ELONA EL FAŞION” milliy brendi rahbari Lobar Rözimurodova 1-örinni qölga kiritib, viloyat bosqiçiga yöllanma oldi. Şuningdek, Latofat Hamrayeva va Şohida Usmonova ham ğoliblar safidan joy oldi. Tadbir yakunida iştirokçilar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.