Jamoatçilik eşituvida “tadbirkor — mahalla — hokimlik — bank” hamkorligini kuçaytiriş taklif qilindi
Xalq deputatlari Xorazm viloyati va Xonqa tuman Kengaşi deputatlari iştirokida kambağallikni qisqartiriş va aholi bandligini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi. Jamoatçilik eşituvida Xonqa tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi rahbari Sirojiddin Abdullayev axborot berib, mahallalarda aholi daromadlarini oşiriş, işsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qiliş, tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaş va yangi iş örinlari yaratiş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, joriy yilda investisiya dasturlari asosida 58 ta tadbirkorlik sub’yekti tomonidan umumiy qiymati 926 mlrd sömlik loyihalarni işga tuşiriş va 2 179 ta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan. Uşbu iş örinlariga, avvalo, kambağal oilalarning işsiz a’zolarini jalb qilişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Şuningdek, tadbirkorlar mablağlari hisobidan 22 ta köçma va yengil konstruksiyali tadbirkorlik sub’yekti taşkil qilinib, 38 tadan ortiq yangi iş örni yaratilgan. Mazkur iş örinlariga “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan kambağal oilalarning 6 nafar işsiz a’zosi işga joylaştirildi.
Jamoatçilik eşituvi yakunida har bir mahalla kesimida işsiz va daromadi past oilalarni aniqlaş, ularni doimiy daromad manbaini topib beriş böyiça manzilli çora-tadbirlarni kuçaytiriş vazifalari belgilandi. Xususan, kasanaçilik, oilaviy tadbirkorlik va xizmat körsatiş sohalarini kengaytiriş, tadbirkorlarga kredit va boşqa kömaklarni manzilli ajratiş, kasb-hunarga öqitilgan fuqarolarni işga joylaştiriş çoralarini kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi.
Öuningdek, tadbirkorlarning yer, infratuzilma, kredit va elektr energiyasi bilan boğliq masalalarini tezkor hal etişda “tadbirkor — mahalla — hokimlik — bank” hamkorligini kuçaytiriş, yangi loyihalarni işga tuşiriş orqali qöşimça iş örinlari yaratiş va har bir mahalla böyiça işsizlikni kamaytiriş körsatkiçlarini belgilanib, ularning ijrosini deputatlik guruhi tomonidan muntazam nazorat qilib boriş taklif etildi.