Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 27-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Kegeylida shaxmat musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

27.10.2026 26
Kegeylida shaxmat musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

O'zLiDeP tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan boshlang‘ich partiya tashkilotlari a’zolari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “O‘zLiDeP kubogi” musobaqasining Kegeyli tumani bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa partiya a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning intellektual salohiyatni oshirish va boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi. Ta’kidlash kerak, bugungi kunda tuman partiya tashkiloti tizimida 65 ta quyi bo‘g‘in faoliyat yuritib, salkam 9000 nafar a’zoni birlashtirgan. Shaxmat musobaqasida esa qariyb 50 ta boshlang‘ich partiya tashkilotidan vakillar ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, “Janabazar” ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ilham Aytimbetov birinchi o‘rinni egalladi. Rasul Reymov Nursulыo‘ Jaqsыbayeva esa ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini qo‘lga kiritishdi.

Gʻoliblar va sovrindorlarga O‘zLiDePning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?