“Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi tadbirkorlarning raqamli savodxonligini oşirmoqda
ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida partiyaning Buxoro şahar Kengaşi va Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi hamkorligida “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi taşkil etildi.
Unda tadbirkorlarga internet firibgarligidan himoyalaniş, elektron tölovlar xavfsizligini ta’minlaş, şaxsiy va korporativ ma’lumotlarni muhofaza qiliş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida kuçli parollardan foydalaniş, şubhali havola va elektron xatlarni aniqlaş, internet firibgarligining oldini oliş kabi muhim masalalar yuzasidan tuşuntirişlar berildi. Ta’kidlanganidek, aholi, mahallalar, korxona va taşkilotlar hamda ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarğibot işlari natijasida joriy yilning ötgan davrida Buxoro şahrida kiberjinoyatçilik holatlari 2025 yilning şu davriga nisbatan 463 taga kamaygan.
Raqamli texnologiyalar tadbirkorlikning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bugungi şaroitda kiberxavfsizlik qoidalariga amal qiliş biznes sub’yektlari uçun muhim ahamiyat kasb etadi. “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi ham tadbirkorlarning raqamli savodxonligini oşiriş, kibertahdidlardan himoyalaniş könikmalarini kuçaytiriş va xavfsiz raqamli tadbirkorlik muhitini şakllantirişga xizmat qilmoqda.