Muammolar joyida örganilib, yeçimlar belgilanmoqda
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida ÖzLiDeP Jizzax viloyati hududiy partiya taşkiloti tomonidan Yangiobod tumanida sayyor qabul ötkazildi. Unda senatorlar, mahalliy Kengaş deputatlari, hokimlik va tegişli taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Qabul davomida aholidan 18 ta murojaat kelib tuşdi. Ularning 11 tasi şu yerning özida hal etildi, qolgan masalalar böyiça mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Xususan, sel yöliga köprik quriş, mahalladagi bolalar öyingohi qurilişini yakunlaş, içki yöllarni ta’mirlaş hamda imtiyozli kredit ajratiş bilan boğliq masalalar yuzasidan amaliy çoralar körildi.
Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini joyida örganiş, ularga tezkor yeçim topiş va xalq bilan muloqotni yanada kuçaytirişga xizmat qilmoqda.