Asosiy kontentga o‘tish
Juma 18-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

“Murojaat — nazorat — natija” deputatlik faoliyatining bosh mezoniga aylanadi

17.09.2026 28
“Murojaat — nazorat — natija” deputatlik faoliyatining bosh mezoniga aylanadi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan viloyat, tuman va shahar Kengashlarida faoliyat yuritayotgan deputatlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

80 nafar deputatlik guruhi a’zolarining faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Unda deputatlarning aholi bilan uchrashuvlari, saylovchilar murojaatlari, deputatlik so‘rovlaridan foydalanishi va hududlardagi muammolarni hal etishdagi ishtiroki tahlil qilindi. Hisobot davri natijalariga ko‘ra, 33 nafar deputat “yashil”, 17 nafari “sariq”, 18 nafari esa “qizil” toifaga ajratildi. Bunda asosiy e’tibor deputatning faoliyatini son jihatidan emas, aholi bilan ishlash va erishilgan natijalar orqali tahlil qilishga qaratildi.

Muloqotda deputatlik faoliyatida “murojaat — nazorat — natija” tamoyilini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni band qilish, oilalarni tadbirkorlikka jalb etish, kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhim vazifalar sifatida belgilandi. “Xonadonbay” ishlash orqali ehtiyojmand oilalarning muammosini o‘rganish, ularning imkoniyat va qiziqishlarini aniqlash, munosib daromad manbaini topish hamda natijaga qadar jarayonni kuzatib borish zarurligi qayd etildi. Yil yakunida deputat faoliyatiga baho berishda qancha oila kambag‘allikdan chiqarilgani, qancha ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlangani va qancha oila tadbirkorlikka jalb etilgani kabi amaliy ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratish taklif etildi.

Yig‘ilishda deputatlar o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham takliflar bildirildi. Kelgusida O‘zLiDeP deputatlik guruhlari faoliyatida aholi bandligi, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va har bir murojaatning amaliy natijasiga erishish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?