Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Namanganlik yoşlar öz biznes loyihalarini taqdim etdi

20.10.2026 964
Namanganlik yoşlar öz biznes loyihalarini taqdim etdi

ÖzLiDeP Namangan viloyati Kengaşi tomonidan Namangan davlat texnika universitetida «Kreativ tadbirkor yoşlar» loyihasi doirasida uçraşuv taşkil etildi. Unda yoşlar özlarining istiqbolli biznes ğoyalari va startap loyihalarini taqdim etib, ularni amalga oşiriş böyiça fikr almaşdilar.

Tadbirda xizmat körsatiş, işlab çiqariş, raqamli texnologiyalar, ta’lim, qişloq xöjaligi va hunarmandçilik yönalişlarida tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalariga e’tibor qaratildi. Şuningdek, biznesni yölga qöyiş, moliyalaştiriş imkoniyatlaridan foydalaniş va tajribali tadbirkorlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş yuzasidan tavsiyalar berildi.

Yoşlarning yangi ğoyalari nafaqat öz biznesini boşlaş, balki yangi iş örinlarini yaratiş va hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun ham muhim imkoniyatdir. Şu bois istiqbolli loyihalarni aniqlaş va ularni amaliyotga tatbiq etişga kömaklaşiş alohida ahamiyat kasb etadi.

«Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida amalga oşirilayotgan uşbu loyiha yoşlarning tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va yangi biznes loyihalarini hayotga tatbiq etişga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?