Asosiy kontentga o‘tish
Juma 16-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Navoiyda “Kreativ tadbirkor yoshlar forumi” tashkil etildi

16.10.2026 49
Navoiyda “Kreativ tadbirkor yoshlar forumi” tashkil etildi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamkorligida “Kreativ tadbirkor yoshlar forumi” tashkil etildi. Partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida o‘tkazilgan tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi mas’ul xodimi Gʻayratjon Turg‘unov, viloyat Kengashi raisi Gʻofur Aliyev, mahalliy Kengash deputatlari, professor-o‘qituvchilar, tadbirkorlar, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Forum yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka qiziqishini oshirish hamda yangi tashabbuslarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratishga qaratildi.
Forum doirasida tashkil etilgan “Imkoniyatlar va ijod maydoni”da yoshlarning robototexnika namunalari, IT-loyihalari, startap maketlari va innovasion ishlanmalari namoyish etildi. Shuningdek, yosh rassomlarning ijodiy asarlari galereyasi hamda “Zamonaviy Navoiy viloyati — yoshlar nigohida” mavzusida jonli rasm chizish jarayoni tashkil etildi. “Biznes-inkubator” yo‘nalishida esa tadbirkorlar ishtirokida yoshlar uchun amaliy va motivasion mahorat darslari hamda panel muloqoti o‘tkazildi.

Forumda turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, o‘qishdagi faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan talabalarga O‘zLiDeP stipendiyasi topshirildi. Bundan tashqari, stol tennisi bo‘yicha “O‘zLiDeP kubogi”ning viloyat bosqichi, shaxmat musobaqasi hamda xorijda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi.

Mazkur forum partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini kengaytirishga yo‘naltirilgan tadbir sifatida ahamiyat kasb etdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?