“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Oqqörğonda yangi maktab qurildi
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Oqqörğon tumanida yangi, zamonaviy maktab binosi foydalanişga topşirildi.
Yangi binoning tantanali oçiliş marosimda ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi vakillari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya deputatlari, partiya faollari, mahalla aholisi, maktab öqituvçilari iştirok etişdi.
Tadbirda qayd etilganidek, Oqqörğon tumanidagi “Xalqobod” mahallasida joylaşgan 24-sonli umumiy örta ta’lim maktabi uçun zamonaviy öquv binosining barpo etilgani aholi uçun ayni muddao böldi. Uşbu xayrli iş ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida amalga oşirilgan navbatdagi amaliy taşabbuslardan biridir.
Maktab uçun yangi bino quriş masalasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP deputati Viktor Pakning aholi bilan oçiq muloqoti davomida kötarilgan edi. Öşanda mahalla aholisi maktabni rekonstruksiya qiliş va farzandlari uçun munosib ta’lim şaroitlarini yaratişda xalq vakilidan amaliy kömak söragan edi.
Oradan köp ötmay umumiy qiymati 4 milliard sömni taşkil etgan quriliş işlari boşlandi. Yangi bino Janubiy Koreyaning “Good Neighbours International” xalqaro yordam fondi kömagida bunyod etildi.
Tadbirda mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanişga topşirilgan yangi maktab binosi — farzandlarimiz kelajagiga xizmat qilişiga işonç bildirildi.