Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 20-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

O‘zbekiston – AQSH hamkorligida yangi iqtisodiy imkoniyatlar

20.10.2026 78
O‘zbekiston – AQSH hamkorligida yangi iqtisodiy imkoniyatlar

Prezidentimiz 19 oktyabr kuni Samarqandda Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi ochilishida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, maxsus vakil Serjio Gor hamda yetakchi Amerika kompaniyalari va banklari vakillari ishtirokidagi tadbirda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga to‘xtaldi.

Bugun O‘zbekiston va AQSH munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi, mustahkam siyosiy sheriklik iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ayni paytda mamlakatimizda Amerika sarmoyasi ishtirokidagi yuzlab kompaniyalar sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va texnologiyalar sohalarida faoliyat yuritmoqda.

Davlatimiz rahbari hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, zamonaviy energetika tizimini rivojlantirish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, kadrlar tayyorlash sohasidagi aloqalarni kengaytirishni belgilab berdi.

Yig‘ilish doirasida umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik 54 ta kelishuv va istiqbolli tashabbus shakllantirilgani alohida ahamiyatga ega. Ularni amalga oshirish uchun kompleks harakatlar dasturi ishlab chiqiladi. Shuningdek, investorlarga tayyor infratuzilma va zarur ruxsatnomalar bilan ta’minlangan loyihalarni taklif etish orqali biznes yuritish sharoitlarini yanada soddalashtirish ko‘zda tutilgan.

Prezidentimiz Kengashni ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli iqtisodiy sheriklikning strategik mexanizmiga aylantirish zarurligini ta’kidlab, 2035 yilgacha bo‘lgan savdo-investisiyaviy va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif etdi. Mazkur tashabbuslar yangi investisiyalarni jalb qilish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Aktam XAITOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari

Saytni yangi dizayni yoqdimi?