ÖzLiDeP oçiq muloqotida 5 ta loyihaga imtiyozli kredit ajratiladigan böldi
Buxoroda ÖzLiDeP va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazilib, ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Uçraşuvda kredit, garov, yer va infratuzilma, soliq-bojxona, eksport va logistika bilan boğliq muammolar kötarildi. Muhimi, murojaatlar faqat eşitilib qolmadi — 5 ta loyiha böyiça imtiyozli kredit ajratiş jarayonini tezlaştiriş çoralari körildi, tadbirkorlarga kafillik va huquqiy kömak beriş belgilandi.
Soliq imtiyozlaridan foydalaniş böyiça joyida tuşuntirişlar berildi, ayrim murojaatlar nazoratga olindi. Hal etilişi deputatlik nazoratini talab qiladigan masalalar böyiça tegişli idoralarga deputatlik sörovlari yuborilişi belgilandi.