ÖzLiDeP qoraqalpoqlik kreativ tadbirkor yoşlarning biznes ğoyalarini qöllab-quvvatlaydi
ÖzLiDeP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi tomonidan Nukus şahrida «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida «Kreativ tadbirkor yoşlar» forumi taşkil etildi. Unda yoşlar öz startap loyihalarini taqdim etib, zamonaviy texnologiyalar orqali mavjud muammolarga yeçim topiş borasidagi ğoyalari bilan örtoqlaşdilar.
Tanlovda birinçi örinni Şumanay tumanidan Karimbergenov Xudaybergenning «Aqlli apteçka» loyihasi egalladi. Uşbu qurilma dori-darmonlarni öz vaqtida qabul qilişni eslatiş, salomatlikni kuzatiş va zarur hollarda tez tibbiy yordamga xabar beriş imkoniyatlarini birlaştiradi. Loyiha, ayniqsa, keksa yoşdagilar, doimiy dori qabul qiladigan bemorlar va nogironligi bölgan şaxslar uçun muhim qulaylik yaratişga qaratilgan.
Ikkinçi örinni 18 yoşli tadbirkor Maksetov Torebekning «Şartli» mobil dasturi, uçinçi örinni esa Atajanova Araztajning «EcoDrop Anti-Termite» loyihasi qölga kiritdi. «Şartli» qarz, nasiya va ijara munosabatlarini raqamlaştiriş, elektron şartnomalar tuziş va tölovlarni nazorat qilişga yordam beradi. Muallif taqdim etgan ma’lumotlarga köra, loyiha uçun Qoraqalpoğistondan 40 ming, Angliyalik investorlardan esa 20 ming AQŞ dollari miqdorida investisiya jalb qilingan. «EcoDrop Anti-Termite» esa qizilmiya ildizi asosida termitlarga qarşi biologik vosita yaratiş orqali uy-joylar va tarixiy obidalarni himoya qilişni maqsad qilgan.
Forum doirasida körgazma, biznes-marafon va sun’iy intellekt, veb-dasturlaş hamda kiberxavfsizlik böyiça seminarlar ham ötkazildi. Bu kabi taşabbuslar yoşlarning ğoyalarini amaliy loyihalarga aylantiriş, investisiya jalb qiliş va yangi iş örinlari yaratiş uçun muhim imkoniyatdir. Eng muhimi, yoşlar nafaqat öz kelajagini, balki hudud iqtisodiyoti rivojiga hissa qöşadigan yangi yeçimlarni ham yaratmoqda.