ÖzLiDeP yoşlarning innovatsion ğoyalari va startaplarini qöllab-quvvatlaydi
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida yoşlarning innovasion ğoyalari, startaplari va istiqbolli loyihalarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan «Kreativ tadbirkor yoşlar» loyihasi izçil amalga oşirilmoqda.
Xususan, ÖzLiDeP Toşkent şahar kengaşi tomonidan Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida mazkur loyiha doirasida navbatdagi forum taşkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov, parlament va mahalliy Kengaşlar deputatlari, partiya faollari, FIRST Global Çallenge 2026 jahon çempionlari hamda taşabbuskor yoşlar iştirok etdi.
Tadbir davomida yoşlar tomonidan işlab çiqilgan IT, sun’iy intellekt, muhandislik, startap va hunarmandçilik yönalişlaridagi loyihalar namoyiş etildi.
Deputatlar 15 nafar iştirokçining işlanmalari bilan tanişib, ularni amaliyotga tatbiq etiş, tadbirkorlik loyihalariga aylantiriş va rivojlantiriş yuzasidan öz tavsiyalarini berdilar.
Forum doirasida sport musobaqalari, kitobxonlik tanlovi hamda FIRST Global Çallenge 2026 jahon çempionlari bilan uçraşuv ham ötkazildi. Tadbir yakunida faol yoşlar taqdirlandi.
«Kreativ tadbirkor yoşlar» loyihasi yoşlarning salohiyatini röyobga çiqariş, ularning innovasion taşabbuslarini rağbatlantiriş va yangi ğoyalarni amaliy natijalarga aylantirişda muhim maydon bölib xizmat qilmoqda.