Qönğirotlik 20 nafar işbilarmon ayol tuman bosqiçida özaro bellaşdilar
ÖzLiDeP taşabbusi bilan Qönğirot tumanida “Mahallaning işbilarmon ayoli” körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi. Unda 20 ga yaqin tadbirkor xotin-qizlar iştirok etib, öz mahsulotlari, hunarmandçilik namunalari va biznes tajribalarini namoyiş etdilar.
Tanlov yakunlariga köra, Reymova Şaxlo 1-örinni, Abdullayeva Nasiba 2-örinni, Adilbekova Dinara esa 3-örinni egalladi. Ğoliblar munosib taqdirlandi, 1-örin sohibasi respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Mazkur tanlov xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va bandligini ta’minlaşga xizmat qilmoqda.