Qoraqalpoğistonning eng faol işbilarmon ayollari aniqlandi
Qoraqalpoğiston Respublikasida ÖzLiDePning “Işbilarmon ayol” körik-tanlovining hududiy-respublika bosqiçi bölib ötdi. “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida “Berdaq” nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida ötkazilgan tanlovda 17 ta tuman va şahardan kelgan xotin-qizlar öz mahsulotlari, istiqbolli loyihalari hamda tadbirkorlik tajribalarini namoyiş etdi.
Iştirokçilar faoliyati yangi iş örinlari yaratiş, xotin-qizlar bandligini ta’minlaş, eksportbop va import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş, xizmatlar sifati hamda innovasion yondaşuvlar kabi mezonlar asosida baholandi.
Tanlov yakuniga köra, Nukus şahridan Aygul Tasbayeva birinçi örinni egallab, Qoraqalpoğiston Respublikasining “Eng faol işbilarmon ayoli” deb topildi. U “Damir hotel”, “NUKUS POLIMER” MÇJ hamda “Bes qala” brendi ostida un işlab çiqariş korxonasi faoliyatini boşqaradi. Uşbu korxonalarda 500 nafardan ortiq kişi, jumladan, 200 nafardan ziyod xotin-qiz mehnat qiladi. “Bes qala” brendi ostidagi mahsulotlarning Afğonistonga eksporti va oylik eksport hajmining 1 million AQŞ dollarini taşkil etişi tadbirkorlik kölamini namoyon etadi.
Qonliköl tumanidan Gulayim Qalbayeva asalariçilik, boğdorçilik, parrandaçilik va fermerlik yönalişlaridagi faoliyati uçun ikkinçi öringa sazovor böldi. Uning 30 nafarga yaqin şogirdi bor. Uçinçi örin esa Kegeyli tumanidagi “Gүjim terek” mahallasidan Mariyam Kamalovaga berildi. Milliy kiyim-keçak va taqinçoqlar işlab çiqaruvçi tadbirkor 25 nafar xotin-qizni iş bilan ta’minlagan, mahsulotlarini qöşni davlatlarga ham eksport qiladi.
Tanlovda asosiy örinlardan taşqari, “Yilning muruvvatli işbilarmon ayoli”, “Qişloqni ijtimoiy rivojlantirişda faollik körsatgan fermer ayol”, “Investisiyalarni jalb qilişda taşabbus körsatgan işbilarmon ayol” va “Eng yoş, faol ayol tadbirkor” nominatsiyalari böyiça ham ğoliblar taqdirlandi.