Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 18-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

“Qozikenti”lik Dildora Davronova “Ishbilarmon ayol”ning viloyat bosqichida qatnashadi

16.07.2026 118
“Qozikenti”lik Dildora Davronova “Ishbilarmon ayol”ning viloyat bosqichida qatnashadi

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining Jondor tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 16 nafar tadbirkor ayol o‘z biznes loyihalari bilan ishtirok etdi. Tanlovda ishtirokchilarning tashabbuslari, boshqaruv ko‘nikmalari, innovasion yondashuvlari va iqtisodiy samaradorlikka qaratilgan g‘oyalari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rin “Qozikenti” MFY vakili Dildora Davronovaga nasib etdi. U 2022 yildan buyon tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, hozirgi kunda mahalladagi tikuv syexida 8 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlab kelmoqda. 2-o‘rin “Xo‘jaxayron” MFY vakili Nozima Haqnazarovaga berildi. U rahbarlik qilayotgan ishlab chiqarish syexlarida jami 43 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda, bir mavsumda esa 5 ming donagacha penal va sumkalar tayyorlanib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda.

3-o‘rin “Xumin” MFY tadbirkori Hilola Bekmurodovaga nasib etdi. Ilgari “Ayollar daftari”da bo‘lgan tadbirkor bugungi kunda o‘z xonadonidagi 3 sotixli issiqxonada ertapishar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib, oilaviy daromadini oshirib kelmoqda.

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?