“Xalq bilan birga” dasturi doirasida mirzaçöllik 45 nafar xotin-qiz bepul körikdan ötkazildi
ÖzLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya taşkiloti “Ayollar qanoti” taşabbusi bilan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Salomatlik sari” aksiyasi bölib ötdi.
Aksiya doirasida Mirzaçöl tumanidagi “Ibn Sino izdoşlari” MÇJga qaraşli klinikada bepul tibbiy körik taşkil etildi. “Mustaqillik”, “Ğalaba”, “Döstlik”, “Gulzor”, “Ipak yöli” va “Boğbon” mahallalarida yaşovçi 45 nafar xotin-qizlar malakali terapevt, kardiolog, ginekolog va boşqa yönalişdagi şifokorlar körigidan ötkazildi.
Şuningdek, iştirokçilarga soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş va kasalliklarning oldini oliş böyiça muhim tavsiyalar berildi. Bunday amaliy taşabbuslar jamiyatda soğlom avlodni şakllantiriş, aholi salomatligini mustahkamlaş hamda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.