Tibbiyotda xususiy sektor imkoniyatlari kengaytiriladi
ÖzLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida Xorazm viloyati Kengaşi majlislar zalida «Özbekistonda soğliqni saqlaş tizimi transformatsiyasi» mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Muloqotda xususiy tibbiyot imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş, zamonaviy diagnostika va davolaş usullarini joriy etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, xususiy tibbiyot muassasalari uçun mavjud byurokratik tösiqlarni kamaytiriş, zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va malakali kadrlarni jalb etiş böyiça takliflar bildirildi.
Tibbiyot sohasini raqamlaştiriş, elektron tibbiy karta, onlayn navbat va şifokor qabuliga elektron yoziliş kabi xizmatlarni kengaytiriş orqali aholi uçun yanada qulay şaroit yaratiş muhimligi ta’kidlandi.
Davra suhbati yakunida aholiga sifatli, zamonaviy va hamyonbop tibbiy xizmatlar körsatişni kengaytiriş, profilaktika va erta diagnostika tizimini kuçaytiriş hamda xususiy sektor salohiyatidan samarali foydalaniş böyiça amaliy takliflar şakllantirildi.