Tojikistonga mahsulot eksport qilayotgan denovlik tadbirkor “Işbilarmon ayol” körik-tanlovining hududiy bosqiçida ğoliblikni qölga kiritdi
ÖzLiDeP Surxondaryo viloyati Kengaşi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida “Işbilarmon ayol” körik-tanlovining respublika-hududiy bosqiçi ötkazildi.
Termiz şahridagi 2-sonli texnikumda taşkil etilgan tadbirda tanlovning hududiy bosqiçida saralangan 14 nafar iştirokçi öz faoliyati, işlab çiqarayotgan mahsulotlari va amalga oşirayotgan loyihalarini namoyiş qildi.
Tanlov yakuniga köra, 1-örin Denov tumanidagi “Muhsinovlar” oilaviy korxonasi rahbari Madina Muhsinovaga, 2-örin Boysun tumanidagi “Dream Şahrinaz” oilaviy korxonasi rahbari Nilufar Jörayevaga, 3-örin esa Şerobod tumani vakili, yakka tartibdagi tadbirkor Dilnoza Abdurasulovaga nasib qildi.
Ta’kidlaş kerak, ğolib Madina Muhsinovaning ta’kidlaşiça, köp tarmoqli oilaviy korxona asosan tikuvçilik, şuningdek, qandolatçilik, asalariçilik va konserva mahsulotlari tayyorlaş bilan şuğullanadi. Korxonada yoşlarga kasb örgatiş maqsadida öquv markazi ham taşkil etilgan bölib, bugungi kunda 350 nafar kişi iş bilan ta’minlangan, mahsulotlar Tojikistonga eksport qilinmoqda. Tanlov yakunida ğolib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.