Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

ÖzLiDeP “Xalq bilan birga” dasturi doirasida 1 milliondan ziyod xonadonlarga kirib boradi

02.04.2026 2227
ÖzLiDeP “Xalq bilan birga” dasturi doirasida 1 milliondan ziyod xonadonlarga kirib boradi

2026-yil 2-aprel kuni Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturining taqdimoti ötkazildi. Uşbu dastur Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan ijtimoiy yönaltirilgan davlat siyosati, xususan, kambağallikka qarşi kuraş, aholining muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, inson qadrini uluğlaş tamoyillarini hayotga keng joriy etişga qaratilgan muhim amaliy taşabbus hisoblanadi.

Dasturning asosiy maqsadi — davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan samarali islohotlarni tarğib qiliş, aholining yordamga muhtoj qatlamiga manzilli kömak körsatiş, biznes va jamiyat örtasida özaro işonç va hamkorlik muhitini mustahkamlaşdan iborat.

Dastur doirasida 2026 yil davomida 50 mingdan ortiq tadbirkorlar iştirok etişi va 1,5 milliondan ziyod fuqaroga turli körinişdagi kömak beriş rejalaştirilgan.

Uşbu dasturning “Yurakka yöl” aksiyasi doirasida uyma-uy yuriş orqali 1 milliondan ortiq xonadon qamrab olinib, aholi muammolari bevosita joylarda örganiladi va ularga manzilli yordam körsatiş böyiça aniq rejalar şakllantiriladi.

Şu bilan birga, joylarda 10 dan ortiq mobil ştablar faoliyati yölga qöyilib, ular tomonidan respublika böylab 200 dan ortiq sayyor qabullar ötkaziladi. Bundan közlangan maqsad aholining barça murojaatlari tinglanib, joyida uşbu masalalarga yeçim topiladi, qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar olinadi.

Dastur davomida “Mahalla yettiligi” hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan hamkorlikda ehtiyojmand oilalarni aniqlaş va ularni qöllab-quvvatlaşning samarali tizimi yaratiladi.

Şuningdek, dasturda yoşlar va xotin-qizlarni faol jalb etişga alohida urğu berilgan. Jumladan, hududlarda 50 ta davra suhbati, 100 dan ortiq muhokamalar, 50 ta oçiq muloqotlar, 10 ta konferensiya va 25 ta yirik aksiyalar taşkil etiş rejalaştirilgan. Bu orqali aholining turli qatlamlari bilan oçiq muloqot örnatiş, ularning fikr va takliflarini örganiş imkoniyati yaratiladi.

Bundan taşqari zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham samarali foydalaniladi. Xususan, Telegram-bot orqali onlayn sörovnomalar ötkaziş, “Deputat bilan oçiq suhbat” onlayn platformasini işga tuşiriş, “Sizning fikringiz biz uçun muhim” kabi interaktiv loyihalarni amalga oşiriş orqali aholi bilan doimiy muloqot yölga qöyiladi. Ijtimoiy sörovnomalarda aholining fikr va ehtiyojlarini tezkor aniqlaş, muammolarni örganiş hamda qaror qabul qilişda jamoatçilik fikriga tayaniladi.

Ijtimoiy yordamning turli şakllari yönalişida kam ta’minlangan oilalarni oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-keçak va zarur jihozlar bilan ta’minlaş, ularni tadbirkorlar tomonidan otaliqqa oliş, tibbiy köriklar taşkil etiş, iş örinlari yaratiş va kasbga öqitiş kabi manzilli çora-tadbirlar amalga oşiriladi. Xususan, “Bir oila – bir homiy”, “Yaxşilik marafoni”, “Farovon oila”, “Inson qadri uluğlangan yurt”, “Keksalarga mehr”, “Umid”, “Bir kunda – 1000 kitob”, “Salomatlik sari” kabi önlab ijtimoiy aksiya va loyihalari ötkaziladi.

Şuningdek dasturda jamoatçilik va parlament nazoratini kuçaytiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Joylarda ötkaziladigan örganişlar natijalari asosida jamoat eşituvlari taşkil etiş, deputatlik sörovlari yuboriş, qonunçilik taşabbuslarini ilgari suriş orqali tizimli muammolarni bartaraf etiş çoralari köriladi.

Taqdimot yakunida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturiga rasmiy start berildi. Hududlar kesimida aniq vazifalar belgilab olindi, mas’ullar biriktirildi va ijro mexanizmlari tasdiqlandi. Şuningdek, dasturni samarali amalga oşirişga qaratilgan yöl xaritasi tasdiqlandi.

Mazkur dasturning hayotga tatbiq etilişi natijasida aholi bilan doimiy va samarali muloqot tizimi şakllanadi, joylardagi muammolar tezkor aniqlanib, manzilli hal etiladi, tadbirkorlar va jamiyat örtasidagi hamkorlik yangi bosqiçga kötariladi.

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi — bu faqatgina ijtimoiy loyiha emas, balki xalq dardini eşitiş, muammolarni joyida hal qiliş va inson qadrini uluğlaşga qaratilgan keng kölamli umummilliy harakatdir. Mazkur taşabbus partiyaning xalq bilan birga işlaş tamoyilini amalda yanada mustahkamlab, Yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşişi şubhasiz.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?