Yoşlar örtasida şaxmat musobaqasi taşkil etildi
Belarus – Özbekiston qöşma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida ÖzLiDeP Toşkent viloyati Kengaşi hamda institut hamkorligida yoşlar örtasida şaxmat musobaqasi taşkil etildi. “Xalq bilan birga” dasturi doirasida ötkazilgan bellaşuvda 30 nafar yoş iştirok etdi.
Musobaqa taşkilotçilari şaxmat inson tafakkurini çarxlaş, diqqat va xotirani mustahkamlaş, vaziyatni töğri baholaş hamda oldindan reja tuziş könikmalarini rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaşdi. Şu bois ÖzLiDePning bu kabi tadbirlari yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, iqtidorli yoşlarni aniqlaş va ularni qöllab-quvvatlaşga xizmat qilişi qayd etildi.
Qizğin va murosasiz keçgan bahslar davomida iştirokçilar öz mahoratlarini sinovdan ötkaziş bilan birga, tajriba almaşiş imkoniga ham ega böldilar. Musobaqa yakuniga köra, Muhammad Möminjonov ğolib deb topildi.