Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 03-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Yoshlar startaplari — yangi g‘oyalar va innovasion tashabbuslar maydoni

03.11.2026 87
Yoshlar startaplari — yangi g‘oyalar va innovasion tashabbuslar maydoni

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va startap loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida “Yoshlarning startap dasturlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida tadbir tashkil etdi. Unda partiya viloyat Kengashi mas’ullari, yoshlar hamda partiya faollari ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, istiqbolli startap loyihalarini hayotga tatbiq etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va innovasion g‘oyalarni amaliy natijaga aylantirish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, yoshlarning har bir yangi g‘oyasi kelajak taraqqiyoti uchun muhim qadam bo‘lib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bilim-salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish muhim ahamiyatga ega.

Tadbir yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, istiqbolli loyihalarni rivojlantirish, ularni amalga oshirishda ko‘maklashish hamda partiyaning yoshlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. Mazkur loyiha yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, yangi g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va hudud iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan tashabbuslarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?