Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 17-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Jomboyda 68 nafar yosh ishli bo‘ldi

16.09.2026 137
Jomboyda 68 nafar yosh ishli bo‘ldi

Jomboy tumanida aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash va ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda 300 nafardan ortiq yosh ishtirok etdi. 40 dan ziyod korxona va tashkilot 580 ta bo‘sh ish o‘rnini taklif qildi.
Yarmarkada yoshlarga vakansiyalar, mehnat shartlari, ish haqi va ishga qabul qilish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Ish beruvchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, yoshlarning qiziqishi va qobiliyatiga mos ish o‘rinlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Natijada 68 nafar yosh ishga yo‘llanma oldi.
Shuningdek, tadbirkorlikni boshlash yoki mavjud biznesini kengaytirish istagidagi yoshlarga imtiyozli kreditlardan foydalanish tartibi tushuntirildi. Bunday mehnat yarmarkalari yoshlarni ish bilan ta’minlash bilan bir qatorda, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun amaliy imkoniyat yaratmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?