"Işbilarmon ayol" yangi imkoniyatlar va yangi nomlarni kaşf etmoqda
ÖzLiDePning «Xalq bilan birga» umumilliy dasturi doirasida ötkazilayotgan «Işbilarmon ayol — 2026» körik-tanlovi joylarda davom etmoqda.
Jizzax viloyatining Paxtakor, Zarbdor va Döstlik tumanlarida tanlovning tuman bosqiçlari ötkazilib, «Mahallaning işbilarmon ayoli» loyihasida ğolib bölgan tadbirkor ayollar öz biznesi, tajribasi va yangi ğoyalari bilan iştirok etdi.
Bu loyiha ayollarga nima beryapti? Eng avvalo, öz biznesini körsatiş, tajriba almaşiş, yangi hamkorlar topiş va öz kuçiga yanada işonç bilan qaraş imkonini beryapti. Eng muhimi, mahallalarda öz mehnati bilan oilasiga daromad keltirayotgan, boşqalar uçun ham iş örni yaratayotgan köplab işbilarmon ayollar nomi keng jamoatçilikka tanitilmoqda.
Döstlik tumanida ana şunday tadbirkor ayollardan biri — «Bunyodkor» mahallasi vakili Gulhayo Şoximardonova ğolib böldi. U «Bunyodkor tikuvçi qizlari» MÇJni boşqarib, tikuv-trikotaj mahsulotlari işlab çiqarmoqda. Bugun korxonada 50 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol doimiy iş bilan ta’minlangan.
Gulhayoning maqsadi esa aniq — faoliyatini kengaytiriş, işçilar sonini köpaytiriş va yana yangi iş örinlari yaratiş.
Demak, «Işbilarmon ayol» — şunçaki tanlov emas. Bu mahalladagi faol ayolni qöllab-quvvatlaş, uning tajribasini ommalaştiriş va yangi imkoniyatlarga yöl oçiş maydoni. Bugun tanlovda ğolib bölganlar orasida ertaga yana yuzlab yangi tadbirkor ayollar yetişib çiqişiga işonamiz.