Ishonchli vakil ellikqal’alik yoshlar bilan muloqot qildi
28.09.2021, 15:55
Avval xabar berganimizdek, Sh.Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ishonchli vakili Abat Daniyarov respublikmizning barcha tuman va shaharlarda eng chekka hududlarda saylovchilar bilan uchrashmoqda.
Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Ellikqal’a va Beruniy tumanlarida bo‘lib o‘tdi.
Ellikqal’a tumani madaniyat saroyida tashkil qilingan uchrashuvda ishonchli vakili Abat Daniyarov barcha yig‘ilganlarga “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi, so‘nggi besh yillikdagi faoliyati va kelgusi yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 yillik saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.
Ishonchli vakil, mamlakatimizdagi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, so‘nggi besh yillikda tadbirkorlar, fermerlar, o‘qituvchi va nuroniylarga ko‘rsatilgan yuksak e’tibor va odilona yuritilayotgan siyosatlarning ham tashabbuskori Shavkat Mirziyoyev ekaniga alohida urg‘u berib faxr bilan gapirib o‘tdi.
Sh.Mirziyoyevning "Yangi O’zbekiston strategiyasi" kitobining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan fikr va g‘oyalar haqida saylovchilarga targ‘ibot qilinib, kitobning naqadar xalqchil ekanini ochib berdilar. Bundan tashqari uchrashuvda faxriy nuroniylar, deputatlar va elektorat vakillarining ham fikr va takliflari tinglandi.
Nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishar ekanman, barcha sohalar singari tadbirkorlik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilganligi bilan ahamiyatli. Yakka tadbirkor sifatida O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlayman va barchani saylovda nomzodimizga ovoz berishga chaqirib qolaman.
Ishonchli vakili Abat Daniyarov Ellikqal’adagi uchrashuvi davomida tuman yoshlari bilan ham uchrashdi.
- Meni judayam to‘lqinlantirgan jihatlaridan biri bu albatta biz yoshlarga katta e’tibor qaratilib yuqori ishonch berilishi bo‘ldi, - deydi Ellikqal’alik yosh tadbirkor Shaxodat Mamutova.
Ertaga shu yoshlar Uchinchi renessans vakillari bo‘ladi degan bir og‘iz so‘zi biz yoshlarga ishonchning yuqori darajasida ekanligidan darak beradi. O’zLiDeP faoli sifatida barcha yoshlarimizni nomzodimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman.
Ishonchli vakilning saylovichlar bilan uchrashuvi Beruniy tumanida ham ko‘taringki ruxda tashkil qilindi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring