Toshkent shahri

25.04.2024, 12:01
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
“Ishbilarmon ayol - 2024” ko‘rik-tanlovining mahallalarda bo‘lib o‘tayotgan saralash bosqichlari davom etmoqda, ...
21.04.2024, 14:19
Kelajak avlodga munosib ish o‘rinini yaratish bugungi davr talabi
2024 yilning 18 aprel kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya ...
21.04.2024, 11:59
Deputat mahalla raislari bilan uchrashdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi "Xondamir" mahalla fuqarolar yig‘inida davra ...
13.04.2024, 22:26
O‘zLiDeP faollari ko‘chat ekish tadbirlarida faol qatnashyapti
Yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi doirasida turli manzarali va mevali ko‘chatlarni ekish ...
09.04.2024, 19:25
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda  
O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi tomonidan Toshkent shahar Amaliy fanlar ...
05.04.2024, 12:00
Prezidentimiz topshirig‘idan kelib chiqib, o‘zimga tegishli vazifalarni belgilab oldim
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, poytaxt tumanlarini ...
16.03.2024, 15:02
Tadbirkorlar bilan muloqot qilindi
O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Real Tex Tashkent” MChJda uchrashuv tashkil qilindi. Mazkur korxonada ...
07.03.2024, 10:58
Maslakdoshlarimiz partiya targ‘ibotida faol bo‘lmoqda
Shayxontohur tumani “Ipakchi” MFY qoshida tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilotning navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi ...
01.03.2024, 22:01
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” hamda Mirobod tuman Kengashi hamkorligida mahalla xotin-qizlari ishtirokida ...
28.02.2024, 11:14
Quyi bo‘g‘inlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda
Shu kunlarda partiya hududiy kengashlar tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarning hisobo-saylov yig‘ilishlari bo‘lib ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz