Tadbirkorlar bilan muloqot qilindi

16.03.2024, 15:02

Tadbirkorlar bilan muloqot qilindi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Real Tex Tashkent” MChJda uchrashuv tashkil qilindi. Mazkur korxonada boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbirda O‘zLiDeR Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov, Shayxontohur tuman Kengashi deputatlari, ushbu korxona rahbariyati, xodimlari, tuman yoshlari, tadbirkorlar, partiya faollari ishtirok etdi.

Tadbida “O’zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturida tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator vazifalar ko‘zda tutilganligi aytib o‘tildi. Shuningdek, yoshlarga berilayotgan e’tibor, keng imkoniyatlar va bu borada amalga oshiilayotgan ishlar, yaritilayotgan sharoitlar, yoshlarni tadbikorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash, ularni jismoniy va ma’naviy barkamol insonlar etib tarbiyalash borasida ham to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirdan so‘ng partiya vakillari mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdilar.

  • Ko'rildi
    34
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+