Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi

28.04.2024, 12:38

Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari xalq bilan ochiq muloqot qilish, ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishish maqsadida hududlarda uchrashuvlar o‘tkazdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Erkin Salixov joylarda saylovchilar bilan uchrashib, ularning muammolarini tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali o‘rganmoqda, ko‘tarilgan muammolarni o‘z vaqtida hal qilishga astoydil harakat qilib kelyapti.

2022 yil mart oyida Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi bir guruh  fuqarolar ko‘prik qurib berishda amaliy yordam sӯrab murojaat etgan edi.  Deputat Erkin Salixov tashabuskorligi va nazoratida 2022 yil avgust oyida tumandagi Istiqlol MFY hududidagi uzunligi 144 metr, eni 4.50 metr bo‘lgan 11 milliard 335 millionlik ko‘prik qurilish  ishlari boshlanib, mazkur hududda yashovchi aholi, umumtaʼlim maktabi o‘qituvchilari va ota-onalarning, har kuni yuzlab yurtdoshlarimizning uzog‘ini yaqin qilish ishlari rejalashtirilgan edi.

Xalq vakili E. Salixov 2 yil davom etgan mazkur ko‘prikni qurilish ishlarini yakuni bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatib ko‘prikni qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Ko‘prik tayyor xolatga keltirilganligi va asfaltlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joriy yilda taʼmirlash ishlarni tugatish mutaxassislar tomonidan qayd etildi.

Ushbu ko‘prik Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini  bog‘lab turadi. Fuqarolar qo‘shni hududga o‘tish uchun 70 km masofa bosib o‘tishlari kerak edi. Ko‘prikni qurilish ishlari yakuniga yetish arafasida Oqdaryo va Pastdarg‘om tumani aholisi va jamoatchilik vakillari so‘nggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar har bir insonning kundalik hayotida sezilayotganligini, odamlarning yashash sharoitlari yaxshilanganini qayd etdilar.

O‘zLiDeP fraksiyasi aʼzosi Erkin Salixov Oqdaryo tumanidagi Istiqlol, Po‘latdarxon mahallari faollari, aholisi bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv jarayonida Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritib, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, qonunchilikdagi yangiliklar va “Sayxunobod tajribasi”ni ommalashtirishga qaratilgan fikr va mulohazalar bildirildi.

Uchrashuvlari chog‘ida Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirildi.

Shuningdek uchrashuv davomida faollar Istiqlol mahallasini yangi binosi bilan tanishdi va yoshlar yetakchisi Baxrom Azimov, xotin - qizlar faoli Tozagul Shoyimova bilan suhbat qildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Matbuot xizmati 

  • Ko'rildi
    71
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+